TA'LIM SIFATINI NAZORAT QILISH BO'LIMI

ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI TERMIZ FILIALI “TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH” BO’LIMI.

Samatov Rustam Maxmudovich.

Tel: +99899-422-94-40

Email: tf.tdtu@tdi.uz

 

 

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq tashkil etilgan. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo`limi filialning A bloki 1-qavatida joylashgan.

Toshboyev Bekzod Murotalievich.

Tel: +99897-531-00-75

Email: tf.tdtu@tdi.uz

 

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq tashkil etilgan. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo`limi filialning A bloki 1-qavatida joylashgan.

Soatov Mamayusuf Nazarovich

Tel: +99891-907-40-55

Email: tf.tdtu@tdi.uz

 

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq tashkil etilgan. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo`limi filialning A bloki 1-qavatida joylashgan.

 

Bo’limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka

talablari, o’quv rejalari va fan dasturlari, ishchi o’quv rejalar va fanning ishchi dasturlari

bilan ta’minlanganligi hamda uzaro muvofiqligini tahlil etish;

OTMda ta’lim jarayoni sifatini, uning o’quv adabiyotlari va o’quv-uslubiy materiallar bilan

ta’minlanganlik darajasini o’rganish;

talabalar bilimini baholash jarayonlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish;

talabalar bilimini baholash jarayonlari va natijalarining xolisligi va shaffofligini o’rganish;

talabalar bilimini tanlanma asosida aniqlash uchun qo’shimcha ravishda nazorat ishlarini o’tkazish

(mazkur nazorat natijasi talabaning uzlashtirish ko’rsatkichida aks etmaydi), natijalarni

tahlil qilish, ta’lim sifatiga ta’sir kursatgan omillarni aniqlash jarayonlarini

tashkillashtirish;

OTM dekanatlari tomonidan shakllantiriladigan dars jadvallarini optimallashtirishda ishtirok

etish;

Xar bir fan bo’yicha dars mashg’ulotlarini tahlil qilish va OTM direktoriga ma’lumotlar berib

borish;

talabalar davomati va professor-o’qituvchilarning darsga munosabatini monitoringini olib

borish;

baholash natijalari bo’yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlash va ularning natijalari yuzasidan

OTM kengashida xamda direktor yigilishida xisobotlar berib borish;

bitiruvchilarning bilim darajasini o’rganish maqsadida yakuniy davlat  attestatsiyasi

komissiyalari xujjatlari bilan tanishish;

tashkiliy-xukukiy va metodik kursatmalar asosida ta’lim va kadrlar tayyorlash sifati

monitoringini olib borish va nazorat kilishni tashkil etish;

OTMni ichki attestatsiyadan o’tkazishni tashkil etish va ichki attestatsiya natijalarini, ta’lim

sifatiga ta’sir etuvchi omillar to’grisidagi ma’lumotlarni OTM direktoriga hamda Davlat

inspektsiyasiga taqdim etish;

ta’lim sifatini belgilovchi kursatkichlarning holatini monitoring qilish, aniqlangan

muammolar va kamchiliklar yuzasidan OTM direktoriga takliflar berish;

ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o’qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida

zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligiii tahlil qilish;

OTMning tarkibiy tuzilmalarida (fakul`tet, kafedra, bo’lim, markaz, akademik litsey) pedagog

xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim hamda

malaka oshirish va qayta tayyorlash yunalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki

monitoringni o’tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlangan kamchilik va muammolarni

bartaraf etish bo’yicha OTM rahbariyatiga takliflar kiritish;

OTM professor-o’qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga

mosligini tahlil qilish yoki ularning qonun xujjatlarida belgilangan tartibda qayta

tayyorlashdan o’tganligini yoki mos ixtisoslik bo’yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini

o’rganish va xulosalarni OTM direktoriga ma’lum qilish;

ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi xolatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va

takomillashtirish bo’yicha takliflar berish;

OTMda talabalar amaliyotining ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olgan holda

tashkil etilganligi va uning samarasini nazorat qilish;

OTM reytingini aniqlash, baholash, attestatsiya va ta’lim sifatini o’rganish bilan bog’liq

jarayonlarda ishtirok etish;

OTMdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini oshirish maqsadida doimiy

ravishda talaba, ota-ona, professor-o’qituvchi va kadrlar iste’molchilari o’rtasida ijtimoiy

so’rovlar utkazish;

OTMdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o’rganish maqsadida professor-

O’qituvchilar va kadrlar iste’molchilari o’rtasida o’tkaziladigan ijtimoiy surovlar jarayonida

ishtirok etish, natijalari yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;

bitiruvchilarning ta’limni keyingi bosqichiga o’qishga kirishi yoki ishga joylashishlarini tahlil

qilishda ishtirok etish;

respublika va xorijiy davlatlardagi ta’lim sifatini nazorat qilishga oid yangiliklarni

doimiy o’rganib borish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish yuzasidan tavsiyalar ishlab

chiqish;

OTM reytingini xalqaro darajaga kutarishga karatilgan chora-tadbirlarni oliy ta’lim

muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uning ijrosini ta’minlashda faol

ishtirok etish;

OTM tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan xamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan

xamda o’quv seminarlari va treninglarni o’tkazish;

OTMda ichki jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qo’yilgan vazifalar

doirasida seminar mashg’ulotlarini muntazam ravishda utkazib borish;

o’quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o’rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g’oyalar,

ishlanma va texnologiyalarni kengaytirish yuzasidan takliflarni berib borish;

 

OTM Kengashida, davra suxbatlari va anjumanlarda bulim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga

oid amalga oshirilgan o’rganish va monitoring natijalari to’grisida ma’lumotlar berib borish;

ta’lim sifati holatini o’rganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni OTM rahbariyatiga

taqdim etish.

1.Bo’lim o’ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

ta’lim yunalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka

talablari, o’quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tizimli tahlil qiladi;

asosiy faoliyatini belgilangan mezonlar asosida ta’lim sifatini o’rganishga, natijalarni

tahlil qilishga qaratadi va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish buyicha takliflarni ishlab

chiqadi;

ta’lim yo’nalishi va mutaxassisliklarning normativ-xuquqiy xujjatlar bilan

ta’minlanganligini o’rganadi;

talabalarning darslik va o’quv qo’llanmalari (shu jumladan, elektron darslik va qo’llanmalar)

bilan ta’minlanganlik darajasini ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklar hamda tillar

kesimida tahlil qiladi;

OTM professor-o’qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga

mosligini tahlil qilish yoki ularning qonun xujjatlarida belgilangan tartibda qayta

tayyorlashdan o’tganligini yoki mos ixtisoslik bo’yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini

o’rganadi va ma’lumotlarni tegishli chora-tadbirlar belgilash uchun OTM direktoriga taqdim

etadi;

o’quv jarayonida ilg’or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish

holatini o’rganadi va ularni takomillashtirish bo’yicha tegishli takliflarni filial  direktoriga

taqdim etadi;

ilmiy-tadqiqot ishlarining iste’molchilar talablaridan kelib chiqqan holda olib

borilayotganligini, OTM professor-o’qituvchilari va talabalarining ilmiy-tadqiqot ishlaridagi

(fundamental, amaliy, innovatsion va x-k. tadqiqotlar kesimida) ishtirokini, ilmiy ishlarning

ishlab chiqarishga tatbig’ini moliyalashtirish manbalari holatlari bo’yicha o’rganadi;

OTM tarkibiy tuzilmalarining zamonaviy moddiy-texnik ta’minoti, o’quv – laboratoriya

jihozlari, komp`yuterlar bilan ta’minlanganligi va ulardan samarali foydalanilish darajasini

tahlil qiladi;

ta’limning ishlab chiqarish va ilm-fan bilan integratsiyasini, OTMning kadrlar tayyorlash va

hamkorlikda ilmiy texnologik yechimlar yaratishda ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish

darajasini, innovatsion g’oyalar, ishlanma va texnologiyalarni jalb etilishini (samarali yoki

samarasizligini) o’rganadi;

pedagog kadrlarning bevosita ishlab chiqarishda malakasi oshirilishini (muntazam yoki muntazam

emasligi) hamda ta’lim yo’nalishlari bo’yicha iste’molchilar bozorining o’rganilganligini

(marketing xizmati ma’lumotlari asosida) taxlil qiladi;

 

ta’lim jarayoniga ilmiy-tadqiqot institutlari, ishlab chiqarish korxona va tashkilotlari hamda

xorijiy davlatlar malakali mutaxassislarining jalb etilishini o’rganadi;

ta’lim va kadrlar tayyorlash sifati muammolari bo’yicha xalqaro konferentsiyalar, anjumanlar,

simpoziumlar, seminar va uquvlarda ishtirok etadi;

talabalar bajarayotgan bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyasi mavzularining

dolzarbligi, sifati va ularni ishlab chiqarishga qay darajada joriy qilinganligini o’rganadi;

OTMning tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil tadqiqotchi instituti orqali oliy

malakali kadrlar tayyorlash faoliyatini tahlil qiladi;

OTMning o’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi muassasalari bilan hamkorlik faoliyatini o’rganadi;

OTMda ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi, mazmuni va uning bajarilishini (bayonnomalar asosida),

professor-o’qituvchilarning tarbiyaviy ishlarga jalb etilganligini, ta’lim muassasasidagi

ma’naviy-ijtimoiy muhitni, pedagog xodimlarning axloqiy sifatlarini (so’rovnoma asosida)

o’rganadi;

OTM axborot-resurs markazi fondining zarur adabiyotlar bilan ta’minlanganligini, ulardan

foydalanayotgan professor-o’qituvchilar va talabalar salmog’ini aniqlaydi;

professor-o’qituvchilar reytingini aniqlashda ishtirok etadi;

talabalar bilimini baholash bo’yicha nazorat natijalarini tanlanma tahlil qilish asosida

reyting ballarining xolisligini va shaffofligini o’rganadi va takliflar tayyorlaydi;

yakuniy davlat attestatsiyalarini amaldagi normativ-xuquqiy xujjatlarga rioya etilgan holda

o’tkazilganligini va uning natijalarini tahlil qiladi;

OTMning tarkibiy tuzilmalarida (fakul`tet, kafedra, bo’lim, markaz, akademik litsey) pedagog

xodimlarning kasbiy malakasi xolatini, shuningdek oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim hamda

malaka oshirish va qayta tayyorlash yo’nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash jarayoni va

tahliliy ma’lumotlarni tayyorlashda ishtirok etadi;

OTMda kadrlar tayyorlash sifati va talabalar bilim darajasini aniqlash maqsadida doimiy

ravishda talaba, ota-ona, professor-o’qituvchi va kadrlar iste’molchilari urtasida ijtimoiy

surovlar o’tkazadi;

OTMda xalqaro hamkorlikning yo’lga qo’yilganligini, xorijiy mamlakatlar bilan shartnoma

asosida talaba, tayanch doktorant, doktorant, ilmiy xodimlar almashinuvini, fan sohasida

xalqaro ilmiy tadbirlarning tashkil etilishini (seminar, anjuman, simpozium va x.k.), chet el

grantlari asosida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini, xorijiy investitsiyalarning jalb

qilinishini tahlil qiladi va bu sohani rivojlanishiga takliflar beradi;

bo’lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi

Prezidentining “Iste’dod” jamg’armasi yoki xalqaro loyixalar va OTM xisobidan rivojlangan

xorijiy davlatlarning nufuzli o’quv va ilmiy markazlari tajribasini o’rganadi va ularni

ta’lim jarayoniga tatbiq etadi;

Davlat inspektsiyasi tomonidan amalga oshiriladigan OTMlar reytingini aniqlash va baholashga

oid ma’lumotlarni tuplashda hamda boshqa topshiriq va vazifalarni bajarishda ishtirok etadi;

respublikada va xorijiy davlatlardagi ta’lim sifatini nazorat qilishga oid yangiliklarni

doimiy o’rganib boradi va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish yuzasidan tavsiyalar ishlab

chiqadi;

OTMda ta’lim sifatini oshirish bo’yicha olib borilgan o’rganishlar natijalari asosidagi

takliflarni Davlat inspektsiyasiga va filial direktoriga taqdim etadi.

 

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali

tarkibidagi ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limining 2018 yil yillik

ish-rejasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan

XISOBOT

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialida Ta’lim

sifatini nazorat qilish bo’limi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18

iyuldagi “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat

qilish davlat inspektsiyasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi 515-sonli qarorining 14-

bandiga muvofiq tashkil etilgan.

Filialning ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi “Nizomi” Ta’lim sifatini nazorat qilish

davlat inspektsiyasining 2018 yil 3 iyuldagi 13-sonli hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim

vazirligining 2018 yil 3 iyuldagi 51-sonli qo’shma qaroriga asosan ishlab chiqilgan va direktor

tomonidan tasdiqlangan.Bo’lim ish-rejasi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi

bilan kelishilgan holda Nizom talablari asosida tuzilgan va direktor tomonidan

tasdiqlangan.

Bo’limga filial talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o’rganib

borish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish hamda oliy ta’lim

muassasasini ichki attestatsiyadan o’tkazishni tashkil etish va ichki attestatsiya natijalarini,

ta’lim sifatiga ta’sir etgan omillar to’g’risidagi ma’lumotlarni Ta’lim sifatini nazorat

qilish davlat inspektsiyasi va filial direktoriga taqdim etish vazifasi yuklatilgan.

Filialda ta’lim sifatini nazorat qilish va ta`lim tizimida olib borayotgan ishlarni o’rganish

bo’yicha filial direktori bilan kelishilgan holda professor-o’qituvchilarning

ta’lim tizimida olib borayotgan ishlarini o’rganish yuzasidan tajribali professor-

o’qituvchilardan ishchi guruh tarkibi tuzilgan va ushbu yuzasidan rahbariyat bilan kelishilgan

holda buyruq ishlab chiqilgan.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali O’zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 iyundagi PQ-3101-sonli

qaroriga asosan tashkil etilgan.Filialda 2 ta fakul’tet Qurilish va transport tizimlari

fakul’teti va Yengil sanoat va kimyo texnologiyalari fakul’teti mavjud bo’lib ushbu

fakul’tetlarda hozirgi vaqtda 5 ta kafedra faoliyat yuritib kelmoqda.

Qurilish va transport tizimlari fakul’tetida

1.Umumkasbiy fanlar kafedrasi

2.Transport tizimlari va texnologik mashinalar kafedrasi

Yengil sanoat va kimyo texnologiyalari fakul’tetida

1.Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi

2.Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar kafedrasi

3.Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi

Ushbu kafedralarda jami 68 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda.

Hozirgi vaqtda filialda asosiy shtatda 48 nafar, tashqi o’rindoshlik asosida 12 nafar, ichki

o’rindoshlik asosida 8 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda. Filialdagi

asosiy shtatdagi professor-o’qituvchilarga nisbatan ilmiy salohiyati quyidagicha 10 nafar

dotsent ilmiy unvoniga, 2 nafar fan nomzodi ilmiy darajasiga ega bo’lgan professor

o’qituvchilar mavjud.Ilmiy salohiyat 25 % ni tashkil etadi.

Xozirgi kunda filialda quyidagi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari mavjud:5310600-Yer usti

transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (transport turlari bo’yicha);5320300-

Texnologik mashina va jihozlar (tarmoqlar bo’yicha);5340600-Transport inshootlarining

ekspluatatsiyasi (transport inshootlari turlari bo’yicha);5340800-Avtomobil yo’llari va

aerodromlar; 5320400-Kimyoviy texnologiyalari (ishlab chiqarish turlari bo’yicha);5320900-Yengil

sanoat buyumlari konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari

bo’yicha);5321000-Oziq-ovqat texnologiyasi (maxsulot turlari bo’yicha);5630100-Ekologiya va

atrof muxit muxofazasi (tarmoqlar va soxalar bo’yicha).

Filial 2017 yilda tashkil etilganligi sababli,  2018-2019 o’quv yilida faqat 1-2-kurs

talabalari tahsil olmoqda hozirgi vaqtda jami talabalar soni 761 nafarni tashkil etadi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi hamda filial direktorining tegishli

topshirig’iga asosan tajribali mutaxassislarni jalb etgan holda filial fakul’tetlari va

kafedralar hamda tarkibiy bo’limlarning ish-rajalari Davlat inspektsiyasi tomonidan taqdim

qilingan savolnoma asosida tahliliy o’rganib chiqildi. O’rganish natijalaridan kelib chiqib

ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan masalalar va ish-reja bandlarining talab darajasida

tuzish, ijrosini o’z vaqtida bajarib borish bo’yicha takliflar berildi, o’zgartirish kirtilgan va

tasdiqlangan ish-rejalarning bajarilishi bo’lim tomonidan nazoratga olindi.

Ta`lim sifatini nazorat qilish bo’limi ekspertlari bilan birga o’quv bo’limi, dekanatlar,

kafedralar kesimida o’quv-uslubiy va me’yoriy xujjatlarning yuritilishi o’rganib chiqildi.2018

yil aprel oyida filialdagi 30 nafar professor-o’qituvchilarning darslari tahlil qilindi va

xujjatlar asosida ta’lim jarayonining tashkil qilinganligi, ularning o’zaro mantiqiy mosligi,

fan dasturlarida fanning maqsadi va vazifalari aniq yoritilganligi, mashg’ulotlar jarayonida

qo’llanilayotgan pedagogik texnologiyalar, metodlarning mavzularga mosligi tahlil

qilindi.Dars tahlillari davomida ularning kamchilik va muammolari aniqlandi.Dars berish

sifati past bo’lgan o’qituvchilarning faoliyati 2018 yil aprel oyida bo’lib o’tgan Kengashda muhokama

qilindi.Ushbu kamchiliklar yuzasidan kafedralarda chora-tadbirlar belgilandi va ijrosi

nazoratga olindi.

Iste’molchi tashkilotlar bilan uchrashuvlar utkazildi va fikrlar almashildi.Iste’molchilarning

o’quv-rejalari va fan dasturlari yuzasidan takliflari o’rganib chiqildi va hamkorlik ishlarini

yanada rivojlantirish ishlari rejalashtirildi hamda hamkorlik ishlari olib

borilmoqda.Iste’molchilarning takliflari asosida keyingi o’quv yilida fan bloklariga qo’shimcha

o’zgartirishlar kiritilishi belgilab olindi.

Amaldagi “Oliy ta’lim muassasasi professor-o’qituvchilar tarkibining o’quv, ilmiy-metodik,

ilmiy-tadqiqot,ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar yuklamasini aniqlash qoidalari” yuzasidan

xujjatlarni tajribali mutaxassislarni jalb etgan holda o’rganildi va takliflar tayyorlanib

filial direktoriga ma’lumot qilinib kiritildi.

Har bir kafedra kesimida ta’lim jarayoni moddiy-texnika bazasining holati jadvallar asosida

tahlil qilindi, filial fakul’tetlari, kafedralari va o’quv xonalarida 47 ta foydalanishga

yaroqli bo’lgan komp`yuterlar mavjudligi, 2 ta laboratoriya xonalari mavjudligi o’rganildi va

takliflar filial direktoriga kiritildi.

Shuningdek, 2018 yil smetasida o’quv jarayoni uchun zarur bo’lgan texnik jihozlar sotib olinishi

uchun 120 mln so’m ajratildi.

Filial ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha o’quv rejasidagi fanlarning o’quv

adabiyotlari bilan ta’minlanganliklari ARM fondida mavjudligi jadval asosida

o’rganildi.Talabalar foydalanish uchun hozirgi vaqtda ARM fondida 1298 ta  kitob mavjud:

shulardan 640 dona darslik, 410 dona – o’quv qo’llanma, 12 dona o’quv-uslubiy qo’llanma, 92

dona badiiy adabiyot,  37  dona siyosiy  adabiyotlar, ilmiy-ommabop risola 22 dona, Prezident

asarlari 84 dona, Al’bom 1 dona  ekanligi aniqlandi.ARM da komp`yuter

jamlamasi va internet yo’qligi aniqlandi va buni ta’minlash uchun filial direktoriga ARMda

texnik modernizatsiya amalga oshirish kerakligi taklifi berildi.

ARM faoliyati uchun portal dasturini ishlab chiqish va unga barcha adabiyotlar, UUM lar, badiiy

adabiyotlar joylashtirish va ARM da zamon talablariga mos ravishda internetga ulash va

komp`yuterlardan talabalar bemalol foydalanish yangi avlod o’quv adabiyotlarini tayyorlash bo’yicha

ishlab chiqilgan rejaning ijrosi nazoratga olindi va bu xaqida takliflar rahbariyatga

kiritilgan.(Shu o’quv yilida ta`minlash rejalashtirilgan)

Filial ATMi uchun 2 ta xona ajratilgan bo’lib, unda 21 dona yangi komp`yuter bilan

ta`minlangan. 21 dona komp`yuter ham lokal tarmoqqa ulangan. Internetga ulangan WiFi mavjud

talabalar foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratilgan.

TTJ da talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar va kutubxona mavjudligi o’rganildi.Ushbu

holatlar yuzasidan talabalar mustaqil talim olishlari uchun zarur bo’ladigan ilmiy-uslubiy,

hamda tashkiliy shart-sharoitlarni takomillashtirish hamda yaratilgan shart-sharoitlar bo’yicha

filial direktoriga takliflar kiritildi.TTJda talabalar kontengintidan kelib chiqib

zamonaviy komp`yuter texnologiyalari bilan ta’minlash Wi-Fi zonalar tashkil etish, kutubxona

bazasini oxirgi o’quv materiallar va badiiy adabiyotlar bilan ta`minlashga qaratildi hamda

ushbu holat bo’yicha chora-tadbirlar belgilandi.Belgilangan chora-tadbirlar ijrosi nazorat

qilib kelinmoqda.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali Ta’lim sifatini

nazorat qilish bo’limining tasdiqlangan ish rejasining 17 bandiga asosan chet tili fanidan

professor-o’qituvchilarning til bilish darajasini o’rganish to’g’risida 2018 yil 17 fevral

holatiga ko’ra bo’lim tomonidan o’qituvchilardan o’z mutaxassisligi bo’yicha test olish orqali

tahliliy o’rganildi.Tahlil davomida pedagoglarga me’yoriy xuquqiy xujjatlar, UUM lar

sifatini oshirish, mazmunini soddalashtirish, oxirgi ilm-fan yutuqlari bilan boyitish, chet el

turdosh OTM adabiyotlaridan foydalanish, tajribali professor-o’qituvchilar bilan hamkorlikni

yo’lga qo’yish kabi takliflar berildi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialida chet tilini

o’rganish bo’yicha qo’shimcha kurslar tashkil etilmagan.O’rganish natijasi bo’yicha takliflar

28.02.2018 yil sanada bo’lib o’tgan navbatdagi Kengashga chet tilini o’rganish va talabalarni

fan olimpiadalariga qatnashishi hamda chet elga chiqib o’qishiga keng yo’l ochilishi uchun qo’shimcha

kurs tashkil etish bo’yicha taklif kiritilgan va yangi o’quv yiliga kurs tashkil etilishi

rejalashtirilganligi nazorat olindi.

Filialda ichki attestatsiyani o’tkazish jadvali ishlab chiqildi, fevral oyida bo’lib o’tgan filial

Kengashida tasdiqlandi va barcha tarkibiy tuzilmalar e’tiboriga yetkazildi.

Filial direktoriga laboratoriya darslarining to’liq va to’g’ri o’tilishini ta’minlash maqsadida

laboratoriya xonalarini to’liq zamonaviy laboratoriya jihozlari bilan jihozlanishi zarurligi

bo’yicha taklif berildi.

Filial talabalarining o’zlashtirish ko’rsatkichlari semestr yakuni bo’yicha(tanlash asosida)

solishtirma jadvallar, sifat va miqdoriy ko’rsatkichlar asosida tahlil qilish ishlari olib

borildi va talabalarining o’zlashtirish ko’rsatkichlari semestr yakuni bo’yicha talab darajasida

olib borilganligi aniqlandi.

Kuzgi semestr yakuni bo’yicha talabalar bilimini baxolash jarayonini tahlil qilish natijalari

quyidagicha:

(Filialda jami talaba soni 390 nafar 8 ta yo’nalish 14 ta guruh mavjud)

Jami talabalardan kelib chiqib talabalar bilimi sifat darajasi 20,8%, o’zlashtirishi 91,0% ni

tashkil etgan.Akademik qarzdor bo’lgan talabalar qachon qayta topshirishlari uchun jadvallar

chiqarilgan.

Ta’lim sifatini nazorat qilish inspektsiyasining 2018 yil 02 martdagi №88-03-1386-sonli xatiga asosan

“O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29

dekabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalari reytingini baholash tizimini joriy etish

chora-tadbirlari to’g’risida”gi 371-sonli qarori ijrosi yuzasidan filialning 2017 yildagi

faoliyatini reyting baholashga oid ma’lumotlar 28 ta jadval asosida to’ldirildi jadvallar va

asoslovchi xujjatlar  DVD diskda ma’lumotlar bazasi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat

inspektsiyasiga bo’lim tomonidan taqdim etildi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasining 2018 yil 23 martdagi №88-03-1690-

sonli xatiga asosan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil  7 apreldagi

“Maktabgacha, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-xunar va maktabdan tashqari davlat ta`lim

muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o’tkazish tartibi to’g’risidagi Nizomni

tasdiqlash xaqida”gi 107-sonli qarorida belgilangan tartibga muvofiq, Surxondaryo viloyatidan

2018 yil attestatsiyadan o’tish muddati kelgan umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar davlat

ta`lim muassasalarining birinchi va oliy malaka toifali, yetakchi va bosh o’qituvchi

lavozimidagi hamda mazkur malaka toifalari va lavozimlarga talabgor 5480 nafar pedagog

kadrlar attestatsiya jarayonining test sinovlarida ishtirok etishi belgilanganligi sababli,

test belgilangan muddatlarda joylarda attestatsiya jarayonini yuqori saviyada o’tkazish maqsadida

filialning barcha xodimlari to’liq test sinovlarini o’tkazishga jalb etildi hamda talab

darajasida o’tkazildi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi tomonidan 2018 yilning 22-23 may kunlari filial

tasarrufidagi 1-sonli akademik litseyi 3-bosqich talabalarining   14 ta guruhidan litsey

o’quvchilarining bilim darajasini tahlil qilish uchun test sinovlari olindi.Litsey

o’quvchilarining fanlarni o’zlashtirishi bo’yicha tahlil qilindi va natijalari yuzasidan litsey

o’qituvchilari bilan kengaytirilgan yig’ilish o’tkazilib o’quvchilarning darslarni o’zlashtirishi va

sifat ko’rsatkichlari bilan tanishtirildi va ushbu holat yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi va

ijrosi nazoratga olindi.

2018 yilning 24 may kuni Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali  1-kurs

talabalari 14 ta guruhni tashkil etib, 6 ta guruhdan tanlanma asosida talabalar o’quv

dasturlarini o’zlashtirishini tahlil qilish uchun test sinovlari olindi va talabalarning o’quv

dasturlarini o’zlashtirishi va  sifat ko’rsatkichlari natijalari bo’yicha ma’lumotlar bo’lim

tomonidan Davlat inspektsiyasiga va filial direktoriga taqdim etildi.

2018 yil 24-25-may kunlari professor-o’qituvchilar tarkibining o’quv, ilmiy-metodik, ilmiy

tadqiqot, tashkiliy metodik va ma`naviy-ma`rifiy va tarbiyaviy ishlar yuklamasini aniqlash

bo’yicha  filialdagi barcha professor-o’qituvchilarning shaxsiy ish-rejalarining bajarilishi qay

holda ekanligi bo’yicha bo’lim tomonidan malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda espert

guruhi tuzib o’rganib chiqildi va filial direktoriga o’rganish yuzasidan ma’lumotlar kiritildi.

2018 yil 25 may kuni Akademik litseyning ingliz tili fani o’qituvchisi Tursunova Matlubaning

ingliz tili fanidan bir juftlik ochiq darsi bo’lim tomonidan tahlil qilindi va tahlil

natijalariga ko’ra  M.Tursunovaning darsi bo’lim tomonidan a’lo deb topildi va darsni

ommalashtirish taklifi berildi.

22-26-may kunlari filial psixologi D.G’afforova hamkorligida iqtidorli talabalarni aniqlash

bo’yicha va “Ijtimoiy-ma’naviy sifatlarning shakllanganlik darajasini o’rganish” yuzasidan

anketa so’rovnomalari o’tkazildi va natijalari nazoratga olindi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi tomonidan bir o’quv yili davomida talabalarning

darslarga kelib ketish davomatini kunlik nazorat qilindi va ertalab kechikuvchi talabalarning

kechikish sabablari va kechikuvchi talabalar bilan mas’ul xodimlar o’rnatilgan tartibda ishlash

va bu masala bo’yicha mas’ul xodimlar bilan kelishilgan holda chora-tadbir belgilandi va

ijrosi nazoratga olindi.

Shu bilan birgalikda professor-o’qituvchilarning dars o’tish jarayonlari va ishga o’z vaqtida

kelishi va kechikib kelish holatlari doimiy monitoring qilinib borildi bo’lim tomonidan salbiy

holatlar yuzasidan rahbariyatga ma`lumotlar kiritilgan va o’quv jarayoni holatlari doimiy

ravishda monitoring qilinmoqda.

2018 yil iyun` oyida professor-o’qituvchilarni ichki attestatsiyadan o’tkazish rejalashtirilganligi

sababli, barcha fanlardan professor-o’qituvchilar uchun test savollari yig’ildi va test

savollari TerDU Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi va malakali professor-o’qituvchilar

bilan kelishilgan holda o’rganib chiqilib shakllantirildi.

Yakuniy nazoratlar jadvali dekanat tomonidan ishlab chiqildi va nazorat jadvaliga asosan 2018

yil 04 iyundan yakuniy nazoratlarning o’tilishi Ta`lim sifatini nazorat qilish bo’limi tomonidan

kunlik nazorat qilib borildi.

Jamoatchilik kengashi a’zolarining ko’rsatmasiga asosan professor-o’qituvchilar tanlov asosida

ishga qabul qilinmoqda. Professor-o’qituvchilarni belgilangan muddatlarda malaka oshirish,

stajirovka va o’qishga yuborishni ta’minlash bo’yicha istiqbol reja ishlab chiqilgan.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 apreldagi “Oliy ta’lim

muassasalariga o’qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi 261-sonli

qarori hamda O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o’qishga

qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o’tkazish tartibi to’g’risida”gi Nizomga asosan Islom

Karimov nomidagi TDTU Termiz filialining 2018 yil 14 iyunda Qabul komissiyasi raisining 345

-sonli buyrug’i ishlab chiqilgan. 2018/2019 o’quv yili qabulini yuqori saviyada o’tkazish bo’yicha

tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Qabul jarayoniga jami 40 nafar xodim jalb etilgan.

2018-2019 o’quv yili uchun qabul jarayoni me’yoriy xujjatlar asosida tashkil etilgan.

Abiturientlardan 5980 ta xujjat qabul qilingan.Abiturientlar va ularning ota-onalariga

qulaylik yaratish maqsadida salqin ichimliklar va bundan tashqari ularning qiziqtirgan

savollariga javob berish uchun Maslahat markazi (Call center), kasbga yo’naltirish xonasi va

tibbiyot xonalari tashkil etildi.

Kafedralarga Texnika fanlari nomzodi X.Adinaev, pedagogika fanlari nomzodi N.Ataev, yosh

mutaxassislardan: O.Abduraxmonov, O’.Abdunazarov O.Qarshiev, O.Alimnazarov, va boshqalar jalb

etilgan.

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil

7 maydagi “Vazirlik Hay’ati Kengashining 2018 yil 20 apreldagi majlisida qabul qilingan

qarorlarining ijrosini ta’minlash to’g’risida”gi 402-sonli buyrug’iga asosan filialda Scopus

df Science Direct xalqaroilmiy-texnik ma’lumotlar bazasidan foydalanish bo’yicha “Maslahat

markazi”ni tashkil etish to’g’risida 2018 yil 23 maydagi 308-sonli  buyruq ishlab chiqilgan.

Niderlandiyaning Elsevier kompaniyasi va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining “Ilm-fan-

2020” hamkorlikdagi Xarakatlar dasturi bandlari bo’yicha ish-reja tuzilgan. Scopus va Science

Direct xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasidan foydalanish bo’yicha “Maslahat markazi”

tashkil etilgan mas’ullar belgilangan va professor-o’qituvchilar AUID orqali (mualliflik

profili)ga ulangan hamda sohaga oid normativ xuquqiy xujjatlarni ekspert komissiyasidan

o’tkazgan holda filialning o’z rasmiy veb-saytlarida joylashtirib bormoqda. Scopus va Science

Direct xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasidan foydalanish va ilmiy maqolalarni yuqori

impakt-faktorga ega jurnallarda chop etishga tayyorlash bo’yicha “Maslahat markazi” tashkil

etilgan va barcha kafedra mudirlari mas’ulligida ishlar olib borilmoqda hamda uning doimiy

ravishda faoliyat olib borish ATM bo’limi zimmasiga yuklatildi.

2018 yil iyul` oyida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz

filialiga Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan yangi o’quv yiliga fizika va kimyo

fanlari yo’nalishi bo’yicha130 502 400 so’mlik laboratoriya jixozlari olib kelib o’rnatildi va

yangi o’quv yiliga to’liq talab darajasida yig’ilib tayyor holatga olib kelindi.(laboratoriya

suv quvurlari yangi holatda to’liq ulangan va ishlash tizimi talab darajasida)

Pedagogik va metodik ta’minotni shakllantirish bo’yicha professor-o’qituvchilar va tarkibiy

bo’limlarni 2017-2018 o’quv yili bo’yicha ichki attestatsiyadan o’tkazish bo’yicha filialning 2018

yil 12 iyundagi 341-sonli buyrug’i ishlab chiqildi.Buyruq asosida ishchi guruh tuzilib

professor-o’qituvchilar va tarkibiy bo’limlarning o’quv yili davomida olib borgan bir yillik

faoliyati va bilim darajasi MOS yoki Mos emasligi aniqlandi.

O’rganish natijalari bo’yicha tarkibiy bo’limlardan 3 nafar xodim va professor-o’qituvchilardan 5

nafar jami 8 nafar xodimning ish faoliyati “MOS EMAS” deb topilib filialning navbatdagi 2018

yil 28  iyundagi 11-sonli Kengashiga ichki attestatsiya jarayoni xaqida barcha ma’lumot va

takliflar ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi tomonidan kiritildi va Kengashda

tasdiqlangan hamda ushbu xodimlar bilan mehnat qonunchiligi asosida mehnat shartnomasi bekor

qilingan.

Filial professor-o’qituvchilari va talabalarning chet tillarini o’zlashtirish darajasini

takomillashtirish maqsadida quyidagi takliflar ishlab chiqildi.

-chet tili kurslarini ochish;

-professor-o’qituvchilarga qo’shimcha dars mashg’ulotlari olib borish;

-o’quv xonalarini zamonaviy komp`yuter va lingofonlar bilan ta’minlash;

-talabalar orasida frantsuz va nemis tillarini o’rganganligini inobatga olib, kafedralarda

nemis va frantsuz tili guruhlarini tashkil etish;

-professor-o’qituvchilar va talabalarning dars mashg’ulotiga qiziqishini oshirish maqsadida zamon

talablariga mos usullardan foydalanish, zamonaviy texnika va yangi adabiyotlar bilan

ta’minlab borish;

-professor-o’qituvchilarning sinovdan o’tish vaqtida xorijiy tillarni qay darajada bilishini

xisobga olish;

Filialda to’garaklar tashkil etilgan ammo o’rganish paytida to’garaklar, fakul’tetlarda

iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’yicha mas’ullar faoliyatida bir qancha kamchiliklar

aniqlandi va ularni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi va nazorati olindi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limining 2018-2019 o’quv yili uchun yo’l xaritasi ishlab

chiqildi va direktor tomonidan tasdiqlandi hamda filialda hozirgi vaqtda ish-reja asosida

ta’lim tizimida ishlar olib borilmoqda.

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi ish-rejasiga asosan filial professor-o’qituvchilari

tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan faniga mosligini tahlil qilish yoki ularning

qonun xujjatlarida belgilangan tartibda qayta tayyorlashdan o’tganligini yoki mos ixtisoslik

buyicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligi o’rganildi va xulosa tayyorlanib Davlat

inspektsiyasining viloyatdagi xududiy bo’limiga va filial direktoriga ma’lumot berildi.

2018 yil 15 oktyabr` kuni Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 9 avgustdagi

“Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to’g’risida”gi 19-2018-sonli buyrug’iga

asosan ishlab chiqilgan Nizom hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 10

sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida professor-o’qituvchilar tarkibining o’quv yuklamasi

hamda o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “Ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalarini

tasdiqlash to’g’risida”gi 20-2018-sonli buyrug’i asosida belgilangan Vaqt me’yorlari to’g’risida

seminar tashkil etildi va slayd orqali barcha professor-o’qituvchilarga yangi Nizom va Vaqt

me’yorlarining mohiyati xaqida tushuntirildi.

Ish-rejaning 17-bandiga asosan filialdagi barcha kafedralarda yo’riqnoma asosida kafedra

mudirlari tomonidan olib borayotgan ish faoliyati bo’lim tomonidan o’rganib chiqildi.O’rganish

natijasida kafedrada olib borayotgan 22 ta yig’ma jild ishlarining tashkil etilganligi va

tashkil etilmagan ishlar yuzasidan tanqidiy ma`lumotlar tayyorlandi va shu asosda takliflar

tayyorlandi ushbu masalalar filialning navbatdagi Kengashida ko’rib chiqildi.

Bo’lim ish-rejasining 8-bandiga asosan Filialda tahsil olayotgan iktidorli talabalar bilan

olib borilayotgan ishlar holati “Ustoz-shogird” tizimining olib borilganligi  o’rganib chiqildi

va o’rganilgan ma’lumotlar yuzasidan direktor huzurida ushbu masala muhokama qilindi.

2018 yilning 25 oktyabridan barcha professor-o’qituvchilarning papkasida bo’lishi zarur bo’lgan

xujjatlar ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi tomonidan o’rganib chiqildi.

O’qituvchining shaxsiy ish rejasi;

Dars jadvali (Fakul’tet, kurs,  guruh, o’qituvchisi va mashg’ulot o’tish muddatlari bilan);

Kalendar tematik reja (amaliy mashg’ulotlar va ma’ruzalar);

O’qituvchi jurnali;

Ta’lim yo’nalishi ishchi o’quv-rejasi (O’quv bo’limidan olinadi);

Prorektor, dekan va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan, uslubiy kengashda muxokama

qilingan fan bo’yicha Ishchi o’quv dastur (Mazkur o’quv yili uchun);

O’zaro darslarga kirish jadvali;

Qayta topshirishlarni qabul qilish jadvali;

Fan  bo’yicha majmuaning elektron shakli (diskda);

Oraliy va Yakuniy nazorat savollari majmuasi;

O’qituvchi o’zi bilan olib yuradigan asosiy me’yoriy xujjatlar tekshirildi va kamchiliklar bo’lim

tomonidan o’z vaqtida bartaraf etildi.

Filialda o’quv-uslubiy, ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish maqsadida barcha professor

o’qituvchilarning UMM ni o’rganib chiqish va professor-o’qituvchi tomonidan  talab darajasida

yozilgan UMMni ilmiy darajaga ega bo’lgan professor-o’qituvchilar tomonidan o’rganib chiqib,

professor-o’qituvchi tomonidan talab darajasida yaratilgan UMM larni o’quv-uslubiy qo’llanma

sifatida nashriyotdan chiqarish ishlari rejalashtirildi.

Xar xaftaning payshanba kuni birinchi parada o’tiladigan “Murabbiy va axborot soati”

mavzulari bo’lim tomonidan doimiy nazorat qilib borildi va “Murabbiy va axborot

soat”larinig o’z vaqtida o’tilishi va mavzularning mos kelishi nazoratga olindi. Bo’lim

tomonidan viloyatimizda bo’layotgan yangiliklar, rivojlanishlar  bo’yicha olib borilayotgan

islohatlar yuzasidan qisqacha ma’lumotlar berib ketilishi bo’yicha takliflar berildi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali binolarini

2018/2019 yangi o’quv yiliga tayyorlash bo’yicha bir qancha ishlar amalga oshirilganligi hamda

hozirgi vaqtda o’quv binosining tashqi fasat qismlarini ta’mirlash, kraskalash, bino zallari

va o’quv xonalarining lampalari to’liq soz holatga keltirilishi, xojatxonani ta’mirlash va

isitish sistemasi talab darajasida bo’lishi uchun yangi 2 dona modulli qozonxona o’rnatish va

xonalarni mebel` jixozlari bilan ta’minlash ishlari olib borildi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 15 avgustdagi

Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish Jamg’armasi Kengashining 7-sonli yig’ilishi

bayonnomasida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialiga 2

dona modulli qozonxona o’rnatish va isitish tizimini ta’mirlash ishlari uchun 485 391 000 (to’rt

yuzi sakson besh milion uch yuzi to’qson bir ming so’m) mablag’ ajratilib hozirgi kunda binoni

isitish sistemasi talab darajasida olib borilmoqda.

2018 yil noyabr` oyida ish-rejaning 22-bandiga asosan chet tili o’qituvchilarining til bilish

darajasini o’rganish (talabalarning bilim darajasini o’rganish asosida) maqsadida asosiy

shtatda dars berayotgan ingliz tili fani o’qituvchilari talabalaridan testlar olindi va ingliz

tilidan talabalarning o’zlashtirishi va sifat samaradorligi natijasi direktorga ma’lumot

qilib kiritildi.

2018 yil noyabr`-dekabr` oylarida ish-rejaning 4-bandiga asosan professor – o’qituvchilar

tomonidan dars mashg’ulotlarining o’tilishi, xolatini tahliliy o’rganib borish (o’zaro darslarga

kirish asosida) ishlari olib borildi.Ko’rsatilgan muddatlarda 44 nafar professor-

o’qituvchilarning dars mashg’ulotlari tahlil qilindi tahlil ma’lumotlari Ta’lim sifatini

nazorat qilish davlat inspektsiyasi xududiy bo’limi va filial direktoriga kiritildi.1 nafar

professor-o’qituvchining dars mashg’uloti talab darajasida emasligi aniqlandi va o’qituvchining

dars mashg’ulotlarini Jamoatchilik kengashi ishchi guruhi bilan tahlil qilish taklifi berildi.

Ish-rejaning 5-bandiga asosan «Talabalar bilimini baholash tizimi to’g’risida»gi Nizom

talablaridan kelib chiqib, o’quv yilining kuzgi semestrida talabalar bilimining xolisona

baholanishi masalasiga e’tiborni qaratish. Bunda professor-o’qituvchilarning dars berish

sifatini o’zaro o’rganish natijalaridan kelib chiqqan xolda tanlanma asosida tegishli fanlardan

talabalar bilimiga qo’yilgan ballarning ob’ektivligini qiyoslash asosida bo’lim tomonidan

tahliliy o’rganildi. O’rganish natijalari bo’yicha ma’lumot tayyorlanib filial direktoriga

kiritildi.

Ish-rejaning 17-bandiga asosan, dekabr` oyining ikkinchi o’n kunligida bo’lim tomonidan

filialdagi 4 ta  kafedra mudirlarining olib borayotgan ish faoliyatini to’liq o’rganish ishlari

olib borilmoqda va ma’lumot qilinib navbatdagi Kengashga kiritilishi rejalashtirilgan.

2018 yilning dekabr` oyida talabalarning 1-semestr davomida o’quv dasturlarini o’zlashtirishi

bo’yicha yo’nalishlar kesimida testlar banki tashkil etildi va bo’lim tomonidan test variantlari

tayyorlandi hamda semestr yakuni bilan talabalarning o’quv dasturlarini o’zlashtirish

darajalarini aniqlash bo’yicha testlar olish rejalashtirilgan.

                 TSNQB boshlig’i                                                      R.M.Samatov

You must be logged in to post a comment

RSS
Follow by Email
Twitter
Visit Us
LINKEDIN