FILIAL YANGILIKLARI

TDTUTF - 2019 sentabr ilmiy maqolalar

Tags

TALABALAR QASAMYODI

20 sentabr kuni Termiz shahar Yoshlar markazida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali talabalarining talabalikka bag’ishlov va faol talabalarni taqdirlash tadbiri bo’lib o’tdi. “Jonajon O’zbekistonim mangu bo’l omon!” shiori ostida o’tkazilgan tantanada beshta muhim tashabbus bo’yicha ko’rgazmalar tashkil etildi. Talabalar uchun kitob yarmarkasi o’tkazildi.
Filial direktori Bahodir Turayev tantanali tadbirni kirish so’zi bilan ochib, barcha talabalarni qutladi.
Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari Chori Begimqulov ham tadbirda ishtirok etib, birinchi kurs talabalarini qutladi va barcha talabalarga muvaffaqiyat tiladi.

 

Ислом Каримов номидаги Тошкент давлат техника университети Термиз филиали директорининг Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 28 йиллиги муносабати билан байрам табриги

 

Ассалому алайкум, азиз юртдошлар

филиалимизнинг барча профессор-ўқитувчилари, жонкуяр ходимлари ҳамда қадрли талабаларимиз!

Барчангизни юртимизда муносиб нишонланаётган энг улуғ, энг азиз байрамимиз – мустақиллигимизнинг 28 йиллиги байрами билан самимий қутлайман!

Шу юртда яшаётган ҳар бир инсоннинг кўнглида, иш жойида, уйида бугун байрам кайфияти ҳукмрон.

Сабаби, Мустақиллигимизнинг 28 йиллик тантаналари давом этяпти. Турли янги иншоотларнинг очилиш маросими, халқаро фестиваллар ўтказилди. Бу жараёнларнинг баъзилари ичидамиз, бошқаларини телевизор ёки интернетдан кўриб, қувонамиз, кўнгил беихтиёр ғурур-ифтихор, шодликка тўлади. Айниқса бу йил талабалик бахтига эришганлар учун шу кунларда қўшалоқ байрам, ҳаяжон оғушида улар. Жумладан, Сурхондарё вилоятида янги ташкил этилган ОТМлардан бири Ислом Каримов номидаги Тошкент давлат техника университети Термиз филиалида ҳам талабалардан ҳужжатларни қабул қилиш, янги ўқув йилига муносиб тайёргарликни охирига етказиш ишлари авжида. Ташкил этилганидан буён ўтган икки йил давомида 750 дан ошиқ талабани ўқитиб, тарбиялаётган таълим масканига бу йил давлат квотаси асосида ўнта йўналиш учун  470 нафар талаба қабул қилиш белгиланганди. 24 август куни эълон қилинган мандат натижаларига кўра, яна қўшимча 23 нафар талаба турли имтиёзлар доирасида ўқишга қабул қилинди.

Берилаётган бу имтиёзлар, юртимизда олий таълим соҳасига бўлаётган эътибор ва талабнинг ошаётганлиги барчамиздан янада ғайрат-шижоат, билим ва масъулият билан ишлашни талаб этади.    

Ватанимиз келажаги учун фидокорона хизмат қиладиган, чуқур билим ва юксак маънавиятга эга баркамол авлодни тарбиялаш филиалда фаолият юритаётган ҳар бир профессор-ўқитувчининг асосий мақсадидир.

Яна бир мартоба Юртимиз мустақиллигининг йигирма саккиз йиллик шодиёналари барчангизга муборак бўлсин ва келгуси 2019-2020 ўқув йили барчамиз учун самарали ва ютуқларга бой бўлсин!

Баҳодир Тураев, Ислом Каримов номидаги Тошкент давлат техника университети Термиз филиали директори

Filial direktori Bahodir Turaev 2019/2020 о‘quv yilida talabalikka qabul qilingan yoshlarning ota-onalariga tabrik yо‘lladi

Hurmatli ota-onalar!

Sizlarni mustaqilligimizning 28 yillik bayrami bilan hamda farzandingiz Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialiga talabalikka qabul qilinganligi bilan samimiy muborakbod etamiz!

Farzandingizga Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialida tanlagan yо‘nalishi bо‘yicha tо‘laqonli bilim olishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Sizlarning Vatanimiz kelajagi uchun fidokorona xizmat qiladigan, chuqur bilim va yuksak ma’naviyatga ega barkamol avlodni tarbiyalashda biz bilan yaqindan hamkorlik qilishlaringizga ishonamiz.

Hurmat bilan,

 

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali direktori B.Turaev

 

Mandat chiqdi!!!

Mandat chiqdi!!!

Test sinovlaring yakuniy javoblari e’lon qilindi.

Abiturientlar o’qishga kirgan yoki kirmaganini cabinet.dtm.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishlari mumkin bo’ladi.

Shuningdek, OTMlarga ham natijalarning qog’oz variantlari ilinadi.

Barchaga omad!
Talaba bo’lganlarni chin qalbdan tabriklaymiz!!!

ESLATMA: yo’nalishlar bo’yicha o’tish bali necha ball bo’lganligini bilish uchun shaxsiy kabinetdagi «Tanlagan yo’nalishlari» sahifasiga kirish
kerak.

O’tish balini bilish ko’proq kira olmaganlarga kerak bo’ladi, chunki ular necha ball yetmaganini shu orqali bilishlari mumkin.

«Super kontrakt» narxi qancha va kimlar uchun?

Test natijalari chiqishni boshlagach, abiturientlardan qo’shimcha kontrakt (xalq tilida “super
kontrakt”) haqida savollar ko’paydi. Shularni inobatga olib, qo’shimcha kontrakt haqidagi ayrim
savollarga javob berishga harakat qilaman.

Qo’shimcha kontrakda o’qish uchun necha ball olish kerak?

Farqi yo’q. Testga kirgan bo’lsa, kifoya. 1 ball olgan bo’lsa ham, qo’shimcha kontraktda o’qishi
mumkin. Faqat narxi baliga qarab farq qiladi.

Qo’shimcha kontrakda o’qishni xohlaganlar qachon ariza berish kerak?

O’qishga kira olmagan abiturientlar qo’shimcha kontraktda o’qish uchun test
natijalari e’lon qilingandan boshlab 1 oy ichida ariza berishi kerak.

Ariza qaerga beriladi?

Qo’shimcha kontraktda o’qish istagida bo’lganlar OTM rektori nomiga ariza beradi.

Oshirilgan kontraktning narxi qancha?

Oshirilgan to’lov-kontrakt miqdori amalda o’rnatilgan to’lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

1-toifa

Kirish chizig’iga 4 ball yetmaganlar nisbatan ancha arzon kontrakt to’laydi. Jumladan:

1 ballgacha yetmagan abiturientlar uchun – 1,5 barobar;

1.1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun – 2,0 barobar;

2.1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun – 2,5 barobar;

3.1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun – 3,0 barobar.

Masalan, kirish bali 140 bo’lgan deylik. 139 ball to’plagan abiturient kontraktning 1,5 barobarini to’laydi. Masalan, asli 10 mln so’m kontrakt bo’lsa, 15 mln so’m to’lasa kifoya.

138,9 ball olgan abiturient esa 2 barobarini to’laydi, ya’ni 20 mln so’m. Va h.k.

2-toifa

56,7 balldan ko’p to’plagan, lekin kirish chizig’iga 4 balldan ko’proq yetmay qolgan abiturientlar kontrakt summasining 10 baravaridan 25 baravarigacha miqdorida to’laydi.

Masalan, yana o’sha kirish 140 ball bo’lgan yo’nalishni misol olsak, 135,9 balldan kam 56,7 balldan ko’p to’plaganlar 2-toifaga tushadi.

Joriy yilda 2-toifa uchun narxlar hali tasdiqlanmadi.

3-toifa

56,7 balldan kam to’plaganlar 2-toifadagi super-kontrakt miqdorining 2 barobarini to’lab o’qishlari mumkin. Masalan, oddiy super-kontrakt 15 barobar bo’lsa, 56,7 balldan kam to’plaganlar 30 barobar to’lab, super-muper kontraktda o’qishi mumkin.

Oshirilgan kontrakt har yili to’lanadimi yoki bir marta?

Bir marta to’lanadi. 1-o’quv yilini tugatgandan so’ng keyingi yillarda el qatori oddiy kontraktni to’lab o’qishadi.

Magistraturada ham qo’shimcha qabul bormi?

Ha, bor. Faqat magistraturada bakalavrga o’xshab tabaqalashtirilgan qimmat kontrakt to’lanmaydi, oddiy kontrakt narxi qancha bo’lsa, qo’shimcha qabul qilingan magistrlar ham shuncha to’lashadi.

Super-kontraktni bo’lib-bo’lib to’lasa bo’ladimi?

Yo’q, ming afsuski hozirgi qoidalar bo’yicha super-kontraktni to’liq to’lash talab etiladi. 100% to’langandan keyingina buyruq
chiqariladi. Lekin bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyatini yaratish kerak, menimcha.

Super-kontrakt uchun ta’lim krediti olsa bo’ladimi?

Yo’q, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berish amaldagi qonunchilikda belgilanmagan.

ESLATMA: 10 yoki 20 barobar degani bu eng kam oylik ish haqiga nisbatan emas, o’sha yo’nalishdagi kontrakt narxiga nisbatan. Ya’ni kontrakt 10 mln so’m bo’lsa, 15 barobar bo’lganda qo’shimcha kontraktda 150 mln so’m to’lanadi.

Tags

Yangi o'quv yili boshlanishiga oz fursat qoldi

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси томонидан 2019 йил 3 июлда республика олий таълим муассасаларида 2019-2020 ўқув йилига муносиб тайёргарлик кўриш ва уларда ахборот-коммуникация технологияларини янада ривожлантириш масалаларида видеоселектор ўтказилганди. Видеоселектор йиғилиши баёни ижросини таъминлаш мақсадида Ислом Каримов номидаги ТДТУ Термиз филиалида талабалардан иборат “Бунёдкор муҳандис” қурилиш меҳнат отрядлари ташкил этилди. Бу отрядларда талабалар ва устоз мураббийлар фаол қатнашиб, филиалнинг барча ўқув аудиторияларини янги ўқув йилига тайёрлаб, таъмирдан чиқаришди. Айни кунларда ТДТУ термиз филиалининг барча ўқув аудиториялари, кафедралар, профессор-ўқитувчилар хоналари, кутубхоналарда сўнгги тозалаш, жиҳозларни жойлаштириш ишлари амалга оширилмоқда. Ўқитувчилар, филиал техник ходимлари, талабалар янги ўқув йилиги оз фурсат қолганлигини инобатга олиб, тиним билмай ишларни якунлаш арафасида.

ЭЪЛОН !

ЭЪЛОН !
Ислом Каримов номидаги Тошкент давлат техника университети Термиз филиалига 2019/2020 ўқув йилида кафедраларининг вакант (бўш) профессор-ўқитувчилари лавозимларига ҳужжат топширган номзодлар диққатига!

2019 йил 23 август куни соат 10 00 да Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 27 июлдаги “Олий маълумотли мутахассислар тайёрлаш сифатини оширишда иқтисодиёт соҳалари ва тармоқларининг иштирокини янада кенгайтириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-3151-сон қарорининг 7-бандини амалга оширилиши ва Олий ва ўрта махсус вазирлигининг 2018 йил 28 июлдаги 670-сонли буйруғи ижросини таъминлаш мақсадида филиалда янги вакант иш ўринларига малакали кадрларни танлаб олишда жамоатчилик кенгашининг навбатдаги йиғилиши бўлади.

Test sinovlari yakunlandi

Test sinovlari yakunlandi

Joriy yil 15 avgust kuni oliy ta’lim muassasalari bakalaviryatiga kirish  test sinovlari barcha xududlarda to’liq yakunlandi.

DTM yakuniy statistik raqamlarni e’lon qildi:

Surxondaryo viloyatida – 8 avgust kuni test sinovlari yakunlandi.

Abiturentlarning 76 ming 186 nafaridan 74 ming 607 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

Sirdaryo viloyatida-10 avgust kuni test sinovlari yakunlandi.

Abiturentlarning 33 ming 758 nafaridan 31 ming 929 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

Namangan viloyatida-10 avgust kuni test sinovlari yakunlandi.

Abiturentlarning 61 ming 451 nafaridan 59 ming 591 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

Toshkent shaxrida-10 avgust kuni test sinovlari yakunlandi.

Abiturentlarning 211 ming 93 nafaridan 209 ming 369 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

Qashqadaryo viloyatida-12 avgust kuni test sinovlari yakunlandi.

Abiturentlarning 87 ming 184 nafaridan 85 ming 222 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

Navoiy viloyatida-13 avgust kuni test sinovlari yakunlandi.

Abiturentlarning 39 ming 434 nafaridan 38 ming 781 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

Farg’ona viloyatida-13 avgust kuni test sinovlari yakunlandi.

Abiturentlarning 89 ming 875 nafaridan 87 ming 303 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

Jizzax viloyatida-13 avgust kuni test sinovlari yakunlandi.

Abiturentlarning 55 ming 942 nafaridan 54 ming 545 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

Andijon viloyatida-14 avgust kuni test sinovlari yakunlandi.

Abiturentlarning 73 ming 713 nafaridan 71 ming 812 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

Xorazim viloyatida-14 avgust kuni test sinovlari yakunlandi.

Abiturentlarning 55 ming 295 nafaridan 53 ming 685 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

Samarqand viloyatida-14 avgust kuni test sinovlari yakunlandi.

Abiturentlarning 96 ming 197 nafaridan 93 ming 800 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

Qoraqalpog’iston Respublikasida-14 avgust kuni test sinovlari yakunlandi.

Abiturentlarning 52 ming 292 nafaridan 51 ming 442 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

Buxoro viloyatida-15 avgust kuni test sinovlari yakunlandi.

Abiturentlarning 47 ming 049 nafaridan 46 ming 109 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

 

Tags

Davra suhbati

17 июль куни Ўзбекистон Республикаси олий таълим муассасалари ректорлари, Олий ва ўрта махсус таълим вазирининг Ўзбекистон халқига мурожаати эълон қилинганди. Шу муносабат билан Ислом Каримов номидаги Тошкент давлат техника университети Tермиз филиали директори Б.Тураев 20 июль куни филиал профессор-ўқитувчилари билан давра суҳбати ўтказди.
Барча профессор-ўқитувчилардан Мурожаатноманинг моҳиятини тўла англаб, коррупцияга қарши курашиб, фарзандларимизнинг келажаги ва ватанимиз тараққиёти йўлида сидқидилдан хизмат қилиш лозимлиги таъкидланди.

Муҳтарам Президентимиз томонидан ўқишга адолатли йўл билан киришга эришишнинг барча ташкилий-ҳуқуқий жиҳатлари тўла яратиб берилди. Фақат уларга қатъий амал қилиш қолди, холос. Энг тўғри йўл – билим йўли, адолат йўлидир! Адолат эса ўзаро ҳамжиҳатлик ва бирликдадир.
Биз, олий таълим тизими раҳбарлари, кўп сонли ректорлар, профессор-ўқитувчилар ва жамоатчилик вакиллари билан биргаликда коррупцияга қарши курашиб, фарзандларимизнинг келажаги ва Ватанимиз тараққиёти йўлида сидқидилдан хизмат қилишга ваъда берамиз.

Tags

"Abiturient ruxsatnomasi"ni chop etish tartibi

RSS
Follow by Email
Twitter
Visit Us
Telegram
VK
OK