Zamonaviy 3D modellashtirish dasturiy paketlari tahlili

3D-modellashtirish o‘zida maxsuslashtirilgan dasturiy ta’minotdan foydalanib, 3D-modelni (yoki uch o‘lchovli obyekt ko‘rinishidagi karkas model) ishlab chiqish tartibini ifodalaydi. Uch o‘lchovli model chiziqlar va egri sirtlar bilan o‘zaro bog‘langan ko‘pgina nuqtalar yordamida yaratiladi. Uch o‘lchovli modellashtirish qo‘llaniladigan sohalar doimo kengayib bormoqda. U quyidagi: o‘yinlar, ya’ni realistik personajlarning modellashtirilishi amalga oshirilishi; tibbiyot — inson tanasi organlarining alohida modellarining yaratilishi; muhandislik — transport vositalari, yangi qurilma va inshootlar modeli ishlab chiqilishi; kinomatografiya — turlicha maxsus effektlar va xayoliy personajlar yaratilishi kabi sohalarni qamrab olmoqda. Shuningdek, reklama sohasida ham 3D-modellashtirishdan yetarlicha foydalanib kelinmoqda.

Autodesk 3D Studio Max dasturlari interfeysi

Bugungi kunda o‘yinlarga haddan tashqari qiziqish kuchayishi shu narsaga olib keldiki, 3D-dasturiy vositalarini ishlab chiquvchilar ancha takomillashgan ilovalarni yaratishga majbur bo‘lmoqdalar. Uch o‘lchovli modellashtirishning yangi imkoniyatlari multfilm qahramonlarini yaratishga ketadigan vaqtni sezilarli darajada kamaytirdi. Dasturiy vosita obyektga harakatni oson berish va bunga minimum vaqt sarf etish imkonini beradi. Tajribali foydalanuvchi o‘zining loyihasini yaratish uchun ko‘p hollarda bir qancha uch o‘lchovli modellashtirish dasturlaridan foydalanadi. Yuqorida nomlari keltirilgan dasturlardan birgalikda foydalanish realistik o‘yinli sahnalar yaratish va mahsulotni mukammal ko‘rinishga olib kelish imkonini beradi. Amalda barcha 3D-dasturiy vositalari nisbatan bir-biriga o‘xshash interfeys va modellashtirish uchun uskunalarga ega, ammo dasturlar o‘ziga xos xususiyatlari bilan, shuningdek, yoritishdagi hisoblash algoritmlari, animatsiyalarni yaratish va tasvirni vizuallashtirish bo‘yicha ham farqlanadi.

zam_25_02_2016_2

Autodesk Maya dasturlari interfeysi

3D-dasturiy vositalarining qay biri yaxshi yoki yomonligi bo‘yicha omma tomonidan qabul qilingan javobning o‘zi yo‘q. Har bir foydalanuvchi ushbu savolga o‘zi uchun ma’qul bo‘lgan 3D-dasturiy vositani muhim deb biladi. Foydalanuvchi o‘zi ishlaydigan 3D-dasturiy vosita bilan qanchalik darajada yaxshi ishlay olishi va uning ijodiy (asboblarni bilishdan tashqari badiiy ko‘nikmalarni egallash, ranglar uyg‘unligi, kompozitsiyani bilish maqsadga muvofiq) imkoniyatlariga juda ham bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun dizayner qanday dasturni afzal ko‘rishni o‘zi hal qiladi. Uch o‘lchovli modellashtirish dasturiy vositalari imkoniyatlarini batafsil o‘rganish uchun uch o‘lchovli elementlardan tarkib topgan 3D-sahna yaratish kerak bo‘ladi. 3D-dasturiy vositalarning har biri o‘zining muayyan sohadagi afzalliklariga ega. Uch o‘lchovli modellashtirishga mo‘ljallangan asosiy dasturlarning qisqacha tavsifi:

Mukammal dasturlardan tashqari, amaliy paketlar deb ataluvchi dasturlar ham mavjud. Ular tor ixtisosli funksiyalarni yaratishga yo‘naltirilgan bo‘lib, yuqorida keltirilgan muharrirlardan birida mukammal sahnani yaratishga yordam beradi. Masalan, Curios Labs Poser dasturi allaqachon tayyorlangan personajlar bilan ishlashga va boshqa grafik muharrirga import qilishga yo‘naltirilgan. DAZ Bryce — virtual tabiiy landshaftlarni yaratishga mo‘ljallangan grafik paket. Tajribali foydalanuvchi o‘zining loyihasini yaratish uchun ko‘p hollarda bir qancha uch o‘lchovli modellashtirish dasturlaridan foydalanadi. Xususan, ZBrush dasturi juda qulay hisoblanadi. Ushbu dastur grafik planshetlardan foydalanib, obyektlarga turli xil cho‘tkalar bilan chizish orqali ularni modellashtirish imkonini beradi. Personaj modelini uch o‘lchovli modellashtirish dasturlaridan birida yaratib, so‘ngra Zbrush dasturiga import qilish va ishni oxirigi yetkazish (ajinlar, burushgan joylarni qo‘shish va boshqalarni amalga oshirish) mumkin.

Adabiyotlar:
1. Гайдамащук А. В. Исследование программных сред 3D-моделирования [Текст]/А. В. Гайдамащук/XVII международный молодежный форум «Радиотехника и молодежь в XXI вeкe». Сб. материалов форума. Т. 7. — Харьков: ХНУРЭ, 2013.
2. Silverman D. 3D Primer for Game Developers: An Overview of 3D Modeling in Games /David Silverman. http://gamedevelopment. tutsplus.com/articles/3d-primer-for-game-developers-an-overview-of-3d-modeling-in-games-gamedev-5704.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *