Xarbiy qismda “O’zbek tilining jozibasi” mavzusida madaniy- ma’rifiy tadbir o’tkazildi

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali o’zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan  Termiz shahridagi 11506 — harbiy qismda “O’zbek tilining jozibasi” mavzusida madaniy- ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 avgustdagi “ O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida”gi 3898-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 21-oktyabr O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili to’g’risida”gi qonuni qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan “Tariximsan, kelajagimsan, ona tilim!” degan ezgu g’oya asosida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining davlat tiliga oid moddalari, “O’zbek tilining jozibasi” mavzusida madaniy- ma’rifiy tadbir o’tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan Termiz shahridagi 11506 — harbiy qismda “O’zbek tilining jozibasi” mavzusida madaniy- ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda harbiy qismdagi komandirning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha maslahatchisi D.A.Adilova so’zga chiqib,  “Til bayrami” bilan barchani tabrikladi va tadbir qatnashchilarini tanishtirdi.

Shundan so’ng Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali o’zbek tili va adabiyoti kafedrasi assistenti B.Shukurova so’zga chiqib, O’zbek tiliga Davlat tili  maqomi berilganligining 31 yilligi munosabati bilan barchani tabriklab, o’zbek tilining tarixiy taraqqiyoti, mavqeyi va ahamiyati haqida gapirdi.

Jumladan, Tilning millat rivoji va taraqqiyotidagi o’rni haqida to’xtalib,o’zbek tili hozirgi ko’rinishga kelguncha qancha tarixiy jarayonlarni bosib o’tganligi haqida gapirdi. Shuningdek, “Davlat tili haqida”gi qonun moddalari bilan tanishtirdi,til  to’g’risidagi she’rlardan yod aytib,berilgan savollarga  javob berdi.

Shuningdek, TDTU Termiz filiali talabalari tomonidan tayyorlangan videorolik hamda  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining BMT ning 75- sessiyasida o’zbek tilida so’zlagan nutqi  namoyish etildi.

Madaniy- ma’rifiy tadbir qiziqarli va mazmunli o’tdi, harbiylar hamda tadbir ishtirokchilari o’zlariga  tegishli  tushunchalarga ega bo’lishdi.