Xushvaxtov Jaxongir Nurullo o’g’li 1993-yilda tug’ilgan, o’zbek, tugallanmagan oliy, 2017 yil sentyabr oyidan boshlab Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali “Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi” mutaxassisligida o’qib kelmoqda.
Xushvaxtov Jaxongir Nurullo o’g’li ilmiy-tadqiqot ishlari bilan muntazam shug’ullanib, Respublika va chet el ilmiy jurnallarida 3 ta ilmiy maqola va 15 dan ortiq tezislari chop etilgan. Respublika va xalqaro ilmiy-texnikaviy anjumanlarda o’z ma’ruzalari bilan faol qatnashib kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilingan «Innovatsion loyihalar» tanlovida o’zining dolzarb mavzulari bilan qatnashdi.